Qashqadaryolik hunarmandlari tikkan ayrim kashtachilik buyumlarining naqshlarida oʼsimliklar shaklidagi toʼpbarggullar va turli yaproqsimon, gulli naqshlar asosiy oʼrin egallaydi. Soʼzanalarga tikilgan koʼplab rang-barang islimiy va yulduzsimon shaklidagi naqshlarning tikilishi tevaral-atrofdagi tabiat manzarasi, samo jismlarining obrazli ifodasi boʼlib, xalqning dunyoqarashidan kelib chiqib shakllangan. Kashtachilik buymlari oilaviy marosimlar, ayniqsa nikoh toʼylarida katta ahamiyatga ega boʼlgan va yosh oila uchun baxt-saodat, serfarzandlik timsoli hamda yomon koʼzlardan asrovchi tumor boʼlib xizmat qilgan.
Yulduz Mamadiyorovaning shaxsiy kollektsiyasi