shaklidagi bezak
O’zbek amaliy san’ati ajoyib an’analar orasida eng boy hisoblanadi va qo’lda tikilgan kashtalar alohida o’rin egallaydi. Kashtachilik aholining uylarini bezashda keng qo’llanilgan. U asosan o’zbek interyerining xususiyatini belgilab kelib, turli ranglarni o’z ichiga olgan. O’zbek kashtachiligining mashhurligi nafaqat uyni bezashda, balki urf-odatlar va masorimlarni o’zida aks ettirgan. Tikilgan mahsulotlar kelinlarning sarpolariga qo’yilishi shart bo’lgan va shuning uchun ham qizlarning onalari ularni yoshligidan tayyorlab kelgan.
So’zana odatda bir guruh yosh qizlar – chevarlar tomonidan oldindan tayyorlangan chizmakash usta bergan rasm asosida tikilgan. Har bir markaz kashtasi mahalliy xususiyatiga ega bo’lgan. Shahrisabz kashtasi hududining tabiatiga xos ko’p qirraliligi, bo’yoqlarning birligi bilan ajralib turadi. Atrof muhitining chiroyi va ulug’vorligi, insonlarning dunyoqarashi to’laqonli ravishda Shahrisabz ustalari tikkan mahsulotlarda ask ettirilgan.
Mazkur kashtada biz jannat bog’ini tasvirlovchi – markazda daraxt ko’rinishida gullar naqshlarini va zardo’shtiylik olov ramzini aks ettiruvchi chor-chiroq’ (to’rt pilikli chiroq) ko’rinishida ko’rishimiz mumkin.
Madina Kasimbayevaning shaxsiy kolleksiyasi