Ushbu ornament UZTELECOM tomonidan «Milliy» tarif to’plamining vizual ko’rinishini brend qoidalariga asosan yaratilishi uchun ishlatilgan.
Shahrisabz so’zanalarining ichida eng mashhurlaridan biri – bu chor-chiroq (to’rt pilikli chiroq) so’zanasidir va ulardan nafaqat so’zana markazini, balki hoshiyalarini bezashda ham foydalanilgan. Shahrisabz naqshlarida asosiy qismini to’pbarggul shaklidagi bezaklar va palmetta, gulli naqshlar shaklidagi o’simliklar tasviri asosiy o’rinni egallab kelgan.
So’zananing turli xil o’simliklar va samoviy bezaklari haqiqiy tabiatni, samoviy jismlarning majoziy nusxasini aks ettirgan va aholining dunyoqarashi bilan bog’liq bo’lgan. Ulardan oilaviy marosimlarda, ayniqsa to’ylarda foydalanish muhim hisoblanib, baxtni va ko’payish tilagini ko’rsatuvchi timsol bo’lgan va yoshlar uchun tumor sifatida qo’llanilgan.
Madina Kasimbayevaning shaxsiy kolleksiyasi