(chinnigul)
Har bir markazning so’zanasi mahalliy xususiyatlarga ega. Nurotalik hunarmand ayollar orasida yak mohu — chorshox (toʻrt shox — bir oy) kompozitsiya turi mashhurdir. Ushbu kompozitsiya markazida quyosh yoki yulduz naqshining tasviri ifoda etilgan bo’lib, burchaklarida gul butalari yoki guldastalar ko’rinishidagi bezak kashtalangan.
Ba’zan nurotalik hunarmand ayollar qushlar, hayvonlar, odamlar yoki kundalik buyumlarning tasvirlarini kompozitsiyaning ko’zga ko’rinmas joylariga kiritib, ularni umumiy surat – chizma so’zi bilan atashadi. Zodagonlarning haqiqiy bog’lari andoza sifatida xizmat qilgan, jannat bog’larini hunarmand ayollar aynan shunday tasavvur qilishgan.
Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi (Samarqand)