Oʼzbek kashtachiligi repertuari nihoyatda keng va rang-barang. Kashta oʼzbek xonadonidagi ichki asbob-anjomlarining ajralmas qismi boʼlib, u koʼpincha turli-tuman ranglarda bajarilgan. Har bir kashtachilik namunasi qaysi buyumda bajarilganiga koʼra xonadonda oʼziga munosib joyni egallagan.
Fargʼona vodiysi kashtachiligida rangli fonda erkin joylashtirilgan buta naqshli kompozitsiyalar qoʼllaniladi. Bundan tashqari, kashtaning asosi koʼpincha bezakli kashta bilan toʼldirilmasdan ochiq qoldiriladi, buning natijasida kompozitsiya nafislikka va grafik koʼrinishga ega boʼladi.
Toʼpgullar – fargʼonalik hunarmand kashtadoʼzlarning eng sevimli naqshlaridan biri boʼlib, odamda bunday naqshlar toʼkin-sochinlik, baxt, bahoriy uygʼonishni ifodalaydi.
Государственный музей истории и культуры Наманганской области