Har bir millatning etnik xususiyatlarini ayollar an’anaviy libosining bosh kiyimi kabi ajralmas qismi yoritib beradi. Bunday bosh kiyimlardan biri do‘ppi bo‘lib, uning tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Bunday bosh kiyimlarning tasvirlarini arxeologik topilmalar, freskalar va miniatyuralarda ko‘rish mumkin. Do‘ppi – turkiy so‘zdan olingan bo‘lib, “tepalik”, “cho‘qqi” degan ma’noni anglatadi. Oʻzbekistonning ayrim viloyatlarida uning “kallapush”, “taxya”, “qalpoq” kabi nomlari keng tarqalgan.
Har bir mintaqaning do‘ppilari rangi, dekoratsiyasi va ishlab chiqarish texnikasi bilan ajralib turardi. Do‘ppi orqali uning egasi qaysi viloyat va hatto qishlog‘dan ekanligini aniqlash mumkin edi. Ya’ni, do‘ppi egasining etnik kelib chiqishini ko‘rsatadigan o‘ziga xos «hujjat» (pasport) edi.
1940 yillardagi Toshkent do‘ppilari baxmaldan tikilgan butalar bilan ajralib turgan. Bunday bezak «chamanda gul» deb nomlangan.
O’zbekiston Respublikasi San’at va Hunarmandchilik Tarixi Davlat Muzeyi (Toshkent)