Buxoro kashtalari oʻziga xos goʻzallik va islimiy naqshlarning uygʻunligi bilan ajralib turadi. Ushbu hudud naqshlari uchun gul va bargli islimiy shakllar, har tomonga shohlab ketgan royalar bilan oʻralgan yirik gulli toʻpbarggul shaklidagi bezaklar, aniqlik, bir rangning bir necha tonlaridan foydalanilganligi bilan ajralib turadi.
Ushbu soʻzanada kashta sahnaning markazini va chetlarini ham egallab turganligini koʻrish mumkin. Markazni yirik palmetta gullari bilan burkangan “hayot daraxti”, ularning orasida esa mayda gullar, gulsafsarlar, chinnigul, anor gullari va boshqalar toʻldirib turibti. Bu kabi gullar va oʻsimliklar motiviga ega soʻzanalar bahoriy uygʻonishga mengzalgan. Mehr va oqibatga undovchi “hayot daraxti” esa oilaning davomiyligi, yangi turmush qurganlar uchun uzoq va baxtli oilaviy hayot tilagini anglatgan.
Sitorayi Mohi-Xosa Saroy Majmuasida joylashgan Bezak va Amaliy San’at Muzeyi (Buxoro)