Oʼzbek kashtachiligiga oid mahsulotlar safi nihoyatda keng. Kashtadoʼzlik koʼp jihatdan oʼzbek uyining koʼp rangli xos koʼrinishiga oid ichki bezaklarining tabiatini belgilab bergan. Har bir kashtachilik buyumi qaerda foydalanishiga qarab xonadonda maʼlum oʼrin egallagan.
«Roʼijo» (toʼshak uchun choyshab) kelinning sepidagi yosh kelin-kuyov uchun moʼljallangan toʼshak toʼplamining bir qismi sifatida kelin sepida albatta mavjud boʼlgan. Yosh kelin-kuyovning toʼshak toʼplamining bezaklarga alohida ahamiyat berilgan, ular yosh oila uchun yaxshilik, ezgulik keltiruvchi yoki muhofazalovchi-sehrli kuchga ega deb tushunilgan.
Roʼijoning girdi hoshiyasiga tikilgan choynak shaklli naqsh toʼkin-sochinlik va farovonlik, toʼy-tantanalar va quvonchni ifodalaydi. Katta yoshli kishilar hanuzgacha toʼylarda yosh kelin-kuyovga yaxshi tilak bildirib: «Dasturxoningiz toʼkin-sochin boʼlsin, xonadoningizda faqat toʼylar boʼlsin!», deya duo qiladilar.
Аmir Temur Nomli Shahrisabz Moddiy Madaniyat Tarixi Muzeyi