Gul bosish, ya’ni matoga biron bir naqshni bosish – o’yilgan yog’och qoliplar yordamida paxta yoki ipak matoga qo’lda naqsh bosish jarayoni demakdir. Gul bosish san’ati O’rta Osiyoga Buyuk Ipak Yo’li sabab kirib kelgan. Mahalliy aholi naqsh tushurilgan chitlardan turli maqsadlar uchun foydalangan: dasturxon sifatida, namoz o’qish uchun gilamlar, parda yoki devor bezagi sifatida, shuningdek, ko’rpa-ko’rpacha tikish uchun, choponlar astari va yotoq choyshablari uchun foydalangan.
Ana’anaga ko’ra, gul bosish dag’al paxta matolarida amalga oshirilib, usta unda asosiy naqshni tushurgan. Turli namunalarni naqshlar bilan birlashtirib, usta naqshning yangi shakllarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lgan. Usta noodatiy naqshlar turini asosan o’simliklar dunyosidan olgan. Turli xil mevalar, gullar, barglar, o’simliklar va hokazo tasvirlar ma’lum uslubga solingan naqshlar qoliplarida aks ettirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi (Toshkent)