Taniqli rishtonlik usta, O’zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi, akademik Sharofiddin Yusupov otameros kulol Isomiddin Yusupovning o’g’li bo’ladi. Uning ishlari did bilan ishlangani, naqshlarning nozikligi, shuningdek, yorqin va nafislik ila mohirona yaratilgani bilan ajralib turadi. Mo’yqalam bilan bo’yashning turli usullarini takomillashtirib, u o’z mavzularining kompozitsion yechimida ham, tanlangan ranglarning biridan-biriga o’tishlarida ham haqiqiy go’zallik va badiiylikka erishdi.
Sh.Yusupov, asosan, katta idishlar – laganlarni tayyorlash va bezash ustida ishlaydi. Sh.Yusupov tomonidan ishlangan laganlarning bezak naqshi tovoq tubida va markazdan boshlangan tarzda, muvozanatli-simmetrik kompozitsiyalar va assimetrik “ko’p figurali” naqsh shaklida ishlangan. Bu bezaklarda naqshlarning ancha barqaror guruhlari va elementlari yaqqol ajralib turadi, bu esa mahsulotlarga timsoliy mohiyat, dinamizm va jonlilik baxsh etadi. “Qumg’on” naqshi ustaning eng sevimli naqshlaridan biri hisoblanadi. Ustaning barcha ishlari ma’noli va ranglar uyg‘unligiga amal qilib yaratilgani bilan farqlanadi.
Sharofiddin Yusupov ustaxonasi