Oʼzbek kashtachiligiga oid mahsulotlar safi nihoyatda keng. Har bir kashtachilik buyumi qoʼllanishiga koʼra alohida nomlangan. Mana shunday kashta bosilgan buyumlardan biri – joynamoz boʼlib, u har bir oʼzbek oilasida mavjud.
Qashqadaryolik hunarmandlar tikkan ayrim kashtachilik buyumlarining naqshlarida oʼsimliklar shaklidagi toʼpbarggullar va turli yaproqsimon, gulli naqshlar asosiy oʼrin egallaydi. Rang-barang islimiy va yulduzsimon shaklidagi naqshlarning tikilishi tevaral-atrofdagi tabiat manzarasi, samo jismlarining obrazli ifodasi boʼlib, xalqning dunyoqarashidan kelib chiqib shakllangan.
Hunarmand ayollar oʼrtasida mashhur boʼlgan naqshlardan biri – chor-chiroq boʼlib, u nafaqat kashta markazida, balki girdi hoshiyalarida ham qoʼllangan. Chor-chiroq naqshining nomi oddiy xalq maishiy hayotida uzoq vaqt ishlatilgan yogʼga shimdirilgan toʼrt pilikli lampa chiroqdan olingan. Koʼplab tadqiqotchilar chor-chiroq naqshi shaklini zardushtiylik eʼtiqodi, olovga sigʼinish va muqaddas sanalgan olov timsoli bilan bogʼlaydilar. Vaqt oʼtishi bilan bunday naqshlar bilan kashta tikilgan buyumlarga muhofazalovchi maʼnosi berilgan va ular toʼy marosimlarining ajralmas qismiga aylangan.
Аmir Temur nomli Shahrisabz moddiy madaniyat tarixi muzeyi