Shahrisabz kashtachiligida to’pbarggul shakldagi naqshlar va turli palmetta hamda gulli bezaklar ko’rinishidagi san’at asarlari asosiy o’rinni egallaydi. So’zananing turli xil o’simlik va samoviy naqshlari haqiqiy tabiatning, samoviy jismlarning majoziy nusxasi bo’lib, xalqning dunyoqarashi bilan bo’g’liq bo’lgan. Ular oilaviy marosimlarda, ayniqsa to’ylarda juda muhim hisoblangan va yosh oilalarga baxt tilagini, ko’payish ramzini va tumorni anglatib kelgan.
Mashhur Shahrisabz so’zanalaridan biri chor-chiroq nomi to’rtta pilikli yog’ chiroqdan olingan.
Juda ko’p tadqiqotchilar chor-chiroq tasvirini muqaddas olov ramzi hisoblangan zado’shtiylik bilan bog’lab kelgan. Mazkur san’at asarda naqshlar bir uslubda berilgan va uning chetlarida naqshni tumorga aylantiruvchi to’rtta tumorni chiroq shohlari ko’rinishida ko’rish mumkin.
Madina Kasimbayevaning shaxsiy kolleksiyasi