Ushbu ornament UZTELECOM tomonidan «Milliy» tarif to’plamining vizual ko’rinishini brend qoidalariga asosan yaratilishi uchun ishlatilgan.
Shahrisabz kashtachiligida to’pbarggul shakldagi naqshlar va turli palmetta hamda gulli bezaklar ko’rinishidagi san’at asarlari asosiy o’rinni egallaydi. So’zananing turli xil o’simlik va samoviy naqshlari haqiqiy tabiatning, samoviy jismlarning majoziy nusxasi bo’lib, xalqning dunyoqarashi bilan bo’g’liq bo’lgan. Ular oilaviy marosimlarda, ayniqsa to’ylarda juda muhim hisoblangan va yosh oilalarga baxt tilagini, ko’payish ramzini va tumorni anglatib kelgan.
Mashhur Shahrisabz so’zanalaridan biri chor-chiroq bezaklarini o’z ichiga olgan naqshlar nafaqat markazida joylashtirilgan, balki so’zananing hoshiyalarida ham qo’llanilgan.
Chor-chiroq kashtasining nomi to’rtta pilikli yog’ chiroqdan olingan bo’lib, u uzoq vaqt mahalliy aholining kundalik hayotida ishlatilgan.
Juda ko’p tadqiqotchilar chor-chiroq tasvirini muqaddas olov ramzi hisoblangan zado’shtiylik bilan bog’lab kelgan. Vaqtlar o’tib bunday kashta tushurilgan so’zanalar himoya ma’nosiga ega bo’la boshlagan va to’y-hashamlardagi ajralmas qismi bo’lib xizmat qilgan.
Madina Kasimbayevaning shaxsiy kolleksiyasi