Gul bosish – O’zbekistondagi juda ko’p viloyatlarida matolarni bezashda keng tarqalgan turlaridan biridir. O’yma yog’och qoliplar yordamida matolarni bezash an’anasi juda qadimiy hisoblanib, o’z tarixiga ega. Matolarga naqsh bosish XIX-asrning birinchi yarmida keng tarqalgan edi. O’zbekistonda matolarni ishlab chiqarish asosiy markazlari Buxoro va unga chegaradosh Romitan, Vardanza, G’ijduvon va boshqalar bo’lgan. Naqsh bosish , shuningdek, Samarqandda, Urgutda, Kattaqo’rg’onda, Shahrisabzda, Farg’onada va Toshkentda ishlab chiqarilgan. Mahalliy aholi naqsh tushurilgan chitlardan turli maqsadlar uchun foydalangan: dasturxon sifatida, namoz o’qish uchun gilamlar, parda yoki devor bezagi sifatida, shuningdek, ko’rpa-ko’rpacha tikish uchun, choponlar astari va yotoq choyshablari uchun foydalangan.
Naqsh tushurilgan matolar bezaklarida gullab-yashnayotgan bog’ning tasvirlari ko’proq ishlatilgan, ya’ni serhasham yashnayotgan gullar, latif kurtaklar, bir-biriga chirmashgan novdalar, barglar, g’arq pishgan anorlar, bodom, novdalar va hokazo.
O’zbekiston Respublikasi San’at va Hunarmandchilik Tarixi Davlat Muzeyi (Toshkent)