1. UMUMIY SHARTLAR
1.1. Mazkur “Ornaments” vebsaytidan foydalanish shartlari (keyingi o’rinlarda “Shartlar”) “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki – Sayt mualliflik huquqi egasi (keyingi o’rinlarda “Sayt ma’muriyati”) tomonidan uchinchi shaxslar – jismoniy va/yoki yurudik shaxslar (keyingi o’rinlarda “Foydalanuvchi”) uchun taqdim etilgan www.tbc-ornaments.uz (keyingi o’rinlarda “Sayt” deb ataladi) vebsaytidan foydalanish shartlarining ommaviy ofertasi hisoblanadi.
1.2. Foydalanuvchi Saytdan foydalanishdan oldin mazkur Shartlar bilan to’liq tanishib chiqishi kerak.
1.3.Saytdan foydalanish – Sayt bo’ylab navigatsiya, Sayt mazmunini ko’rib chiqish, Saytdan ma’lumotlarni qattiq diskga ko’chirib olish va Saytda mavjud boshqa xizmatlardan va imkoniyatlardan foydalanish (keyingi o’rinlarda “Rozilik”) Foydalanuvchi tomonidan mazkur Shartlarni to’liq va so’zsiz qabul qilganligini anglatadi.
1.4.Agar Foydalanuvchi ushbu Shartlar bilan rozi bo’lmasa, Foydalanuvchi tomonidan Saytdan foydalanilishi darhol to’xtatilishi kerak.
1.5.Foydalanuvchi Saytdan mazkur Shartlar va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq foydalanishi kerak.
1.6.Sayt ma’muriyati Foydalanuvchiga maslahat berish va texnik xizmatlarni ko’rsatish majburiyatiga ega emas.
1.7.Saytdan foydalanish hamda Saytda mavjud ma’lumotlar bilan bog’liq barcha xavflarni o’z zimmasiga oladi.
1.8. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchiga Sayt va undagi mavjud ma’lumotlarga nisbatan hech qanday aniq yoki taxminiy kafolatlarni bermaydi, shuningdek, quyidagilarni kafolatlamaydi (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda): muayyan maqsadlar uchun yaroqlilik, xavfsizlik va muhofazalanganlik, aniqlik, to’liqlik, mahsuldorlik, tizimli integratsiyalashuvi, uzluksiz xatolarsiz ishlashi, nosozliklarni bartaraf etilishi, viruslardan holi, O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqari istalgan hududda undan foydalanish qonuniyligi.
1.9.Ushbu Shartlar Saytning har bir foydalanuvchisi uchun Shartlarga muvofiq o’z roziligini berganda kuchga kiradi hamda Foydalanuvchi va Sayt ma’muriyati o’rtasida Foydalanuvchi Saytdan foydalangan butun maddat davomida amal qiladi.
2. INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARI
2.1. Saytda joylashtirilgan intellektual faoliyatdan olingan barcha natijalar va individuallashtirish vositalari, shu jumladan, lekin ushbu bilan cheklanmagan holda, dizayn qismlari, grafik tasvirlar (shuningdek, suratlar), fotosuratlar, matnlar, audio yozuvlar va boshqa asarlar hamda tovar belgilari va sanoatga oid namunalar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
2.4. Ornamentdan quyidagi holatlarda foydalanish umuman taqiqlanadi:
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo’ravonlik
bilan o’zgartirishga da’vat etish, urush va zo’ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniya adovatni targ’ib etish; pornografik mahsulotlarni, shuningdek, zo’ravonlik yoki shafqatsizlik marosimlarini, qimorbozlik o’yinlarini va O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan taqiqlangan boshqa faoliyatlarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish; davlat yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirlarni oshkor qilish, jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladigan boshqa harakatlarni sodir etish.
2.5.Saytda e’lon qilingan kompaniyalar nomi, savdo belgilari va logotiplari tegishli subyektlarga tegishli bo’lib, faqat ushbu subyektlarning intellektual mulki hisoblanadi.
2.6.Mazkur Shartlarda belgilangan talablarning hech qaysi biri Foydalanuvchilar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun Sayt ma’muriyatini bevosita yoki bilvosita da’vat etish deb hisoblanmaydi va talqin qilinmasligi kerak.
3. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3.1.Foydalanuvchi mazkur Shartlar va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan huquq va majburiyatlarga ega.
3.2.Foydalanuvchi mazkur Shartlarda belgilangan talablarga qat’iy rioya etgan holda, Saytdan hamda Sayt ma’muriyati tomonidan taqdim etilgan ornamentlar, boshqa material va ma’lumotlardan foydalanishi kerak.
3.3.Foydalanuvchi ushbu Shartlar bilan mustaqil ravishda tanishib chiqishi shart. Shartlarni bilmaslik belgilangan javobgarlikdan ularni ozod etmaydi.
3.4.Sayt ma’muriyati Saytni ishchi holatda ushlab turishi uchun barcha oqilona sa’y-harakatlarni amalga oshirishi kerak, ammo Saytning doimiy va uzluksiz ishlashiga kafolat bermaydi, shuningdek, uning uzluksiz ishlashini ta’minlash bo’yicha javobgar emas.
3.5.Sayt va saytda Foydalanuvchi foydalana oladigan Ornamentlar, ma’lumotlar va boshqa materiallarni Sayt ma’muriyati o’zgartirishi mumkin hamda shu sababli, ular kafolatlarsiz «ASLIDA QANDAY BO’LSA» shartlari asosida taqdim etiladi.
3.6.Sayt ma’muriyati o’z xohishiga ko’ra Saytda mavjud ma’lumotlarni o’zgartirish, o’chirish, qo’shish yoki boshqa yo’llar bilan Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmagan holda ularga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
4. JAVOBGARLIK
4.1. Sayt ma’muriyati va uning tegishli xodimlari Saytda joylashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish natijasida bevosita, bilvosita, muayyan maqsad bilan, tasodifiy, biror sabab va tergov ishlariga oid, shartnomada belgilanmagan, haqiqatda yetkazilgan zarar oqibatlari uchun javobgar emas.
Sayt ma’muriyati hatto texnik nosozlik, kamchilik, tizimning ishlash jarayonini to’xtatilishi/vaqtincha to’xtatilishi yoki tizim ishlashida nosozliklar ro’y bergan holatlarda ham Saytdan foydalanish natijasida kelib chiqqan barcha zarar yoki yo’qotishlar bo’yicha javobgarlikka ega emas.
4.2.Saytda joylashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish uchunchi tomonlar qo’ygan cheklovlar va vazifalar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Agar Saytning aniq bir qismidan foydalanish imkoniyati mavjud bo’lmasa, Sayt ma’muriyati bu borada javobgarlikka ega emas.
4.3.Agar Sayt ma’muriyati tizimida texnik nosozliklar sabab yoki Sayt ma’muriyati bilan bog’liq bo’lmagan istalgan boshqa sabablarga ko’ra Saytdan foydalanish imkoniyati mavjud bo’lmasa, Sayt ma’muriyati yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlar uchun javobgar emas.
4.4.Haqqoniy ma’lumotlarni taqdim etish istak-xohishimizga qaramay Sayt ma’muriyati Saytda joylashtirilgan ma’lumotlar ishonchliligi uchun javobgar emas. Shu sababli, Saytda joylashtirilgan istalgan ma’lumotlardan foydalanish Foydalanuvchining shaxsiy xavfi bilan to’liq bog’liqdir hamda Sayt ma’muriyati Saytda joylashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar emas.
4.5. Foydalanuvchi mazkur Shartlar va Saytdan foydalanish bo’yicha boshqa qoidalarni diqqat bilan o’rganishi va ularga rioya etilishi uchun javobgar.
4.6. Sayt ma’muriyati biror-bir Foydalanuvchi oldida ularning Ornamentlardan foydalanganligi yoki ulardan noto’g’ri foydalanganligi uchun javobgar emas. Sayt ma’muriyati yetkazilgan zarar uchun javobgarlikka ega emas, shuningdek, Saytdan tashqari ushbu Shartlarga muvofiq Ornamentlardan foydalanganligi bilan bog’liq va Foydalanuvchi Saytdan foydalanganligi sabab yuzaga kelgan bevosita, bilvosita, tasodifiy yoki boshqa zararlarni qoplamaydi.
4.7.Sayt ma’muriyati Foydalanuvchining uchinchi shaxslarga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqonuniy harakatlari yoki uchinchi shaxslarning Foydalanuvchiga nisabatan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqonuniy harakatlari uchun javobgarlikka ega emas.
4.8. Sayt ma’muriyati Saytdan foydalanish imkoniyati mavjud bo’lmaganligi bilan bog’liq holatlarda Foydalanuvchining yo’qotishlari, zararlari yoki xarajatlari uchun javobgar emas.
4.9.Sayt ma’muriyati Foydalanuvchining bevosita yoki bilvosita foyda yo’qotishlari uchun javobgarlikka ega emas.
5. NIZOLARNI HAL QILISH
5.1. Mazkur Shartlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.
5.2. Nizolar yuzaga kelgan holatlarda Tomonlar ularni muzokaralar orqali shikoyat tartibiga ko’ra hal qilishi kerak. Agar Tomonlar bir kelishuvga kela olmasa, u holda ushbu masala Sayt ma’muriyati ro’yxatdan o’tgan joyiga ko’ra Toshkent shahar sudida ko’rib chiqiladi.
6. MAHFIYLIK VA MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLAB CHIQISH
6.2. Mazkur Shartlarga rozilik bildirgan holda, Foydalanuvchi O’zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida»gi Qonunida belgilangan shartlar va tartibga ko’ra o’zining shaxsiy ma’lumotlarini to’plash, qayta ishlash va ulardan foydalanilishiga to’liq va so’zsiz roziligini beradi.
6.3.Foydalanuvchi faqat Sayt ma’muriyati Saytning lozim darajada ishlashini va tahliliy ma’lumotlarni yig’ish yoki Saytga boshqa o’zgartirishlar kiritish maqsadida Sayt ma’muriyatiga shaxsiy ma’lumotlarini o’z ichiga olgan ma’lumotlarni to’plashiga, ulardan foydalanilishiga, qayta ishlashi va saqlashiga o’z roziligini beradi.
6.4.Sayt ma’muriyati Foydalanuvchi Saytda ro’yxatdan o’tish yoki Saytda ro’yxatdan o’tmasdan Ornamentlarni yuklab olgan vaqtda, ya’ni Saytning lozim darajada ishlashi va/yoki Saytni takomillashtirish uchun ma’lumotlar zarur bo’lgan holatlarda o’z xohishi bilan taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish majburiyatiga ega.
6.5.Sayt ma’muriyati Sayt foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanishining oldini olish uchun zarur barcha choralarni ko’radi.
6.6. Sayt ma’muriyati Saytdan yoki Saytda ma’lumotlar uzatiladigan aloqa kanallarini himoya qilish bilan bog’liq uchinchi shaxslarning (shu jumladan Foydalanuvchi joylashgan joyda Saytdan texnik jihatdan foydalanish imkoniyatini yaratuvchi Internet provayderlarning) harakatlari borasida hech qanday javobgarlikka ega emas.
6.7. Sayt ma’muriyati uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari sabab Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan barcha noqonuniy yo’llar bilan foydalanganligi uchun javobgar emas.
6.8. Sayt ma’muriyati shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik majburiyatiga ega, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish zaruriyati yuzaga kelgan holatlar bundan mustasno.
7. BOSHQA SHARTLAR
7.1.Foydalanuvchining bildirgan roziligi uning ushbu Shartlarning barcha talablarini so’zsiz qabul qilganligini va mazkur Shartlarga zid bo’lgan da’vo va boshqa shikoyatlarni taqdim etmaslikka roziligini anglatadi.
7.2.Sayt ma’muriyati Foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmasdan ushbu Shartlarga o’zgartirishlar kiritish vakolatiga ega. Shartlarning yangi tahriri ularning Saytda e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
7.3.Shartlarga o’zgartirishlar va/yoki qo’shimchalarni kiritgandan keyin Saytdan foydalanishni davom ettirish bunday o’zgartirishlar va/yoki qo’shimchalarni qabul qilganligini va ular bilan roziligini anglatadi.
7.4.Shartlar O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi. Mazkur Shartlarga ko’ra tartibga solinmagan masalalar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinishi kerak.
7.5.Agar O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq Shartlarning biror-bir talabi ahamiyatga ega bo’lmay, o’z kuchini yo’qotsa, qolgan talablar o’z kuchini saqlab qoladi, shuningdek, Tomonlar Shartlarni mazkur talablarni inobatga olmagan holda to’liq bajarilishini ta’minlaydilar.
6.1. Foydalanuvchi tomonidan Sayt ma’muriyatiga taqdim etilgan ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi.
7.6.Shartlar rus tilida tuzildi va Foydalanuvchiga tanishib chiqishi uchun o’zbek va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Agar rus tilida taqdim etilgan Shartlar bilan boshqa tilda taqdim etilgan Shartlar o’rtasida nomuvofiqliklar mavjud bo’lsa, Shartlarning rus tilidagi talablari qo’llaniladi.
8. BOG’LANISH UCHUN MA’LUMOTLAR
“TBC Bank” ATB, 86-sonli Markaziy bank taqdim etgan Litsenziyasi.
Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Amir Temur shoh ko’chasi, 118/1
Elektron pochta manzili: contact@tbcbank.uz
Telefon raqami: +99878 7772727