Har bir markaz so’zanasi o’ziga xos mahalliy xususiyatlariga egadir. Nurota ustalari orasida yak mohu-chor shoh (to’rtta shoh-bitta oy) turi ayniqsa mashhur. Mazkur san’at asari quyosh yoki yulduz rasmi tushurilgan maydonni markazda tasvirlab, hoshiyalari gulli butalar yoki guldastalar bilan bezatilgan. Ba’zida Nurota ustalari ko’zga ko’rinmas joylarda qushlar, hayvonlar, odamlar yoki ro’zg’or buyumlarini bir uslubda tasvirlarini aks ettirib, umimiy so’z yordamida surat deb nomlashgan. Mana shunday tarzda ustalar jannat bog’larini tasavvur qilishgan, zodagonlarning haqiqiy bog’lari ham shu kabi ko’ringan.
O’zbek kashtado’zlarining sevimli naqshlaridan biri anor hisoblangan. Mahalliy aholi tomonidan qadim zamonlardan buyon anor hayot, to’kin-sochinlik, hosildorlik va muhabbat ramzi bo’lgan. Anor tasviri ko’plab san’at yodgorliklarida tasvirlangani guvohlik beradi, masalan, O’rta Osiyo ona ma’budasi, hayot manbai, unumdorlik xudosi, Anaxitlar ashyolari anor mevasi hisoblangan va urug’ining ko’pligi bilan ajralib turgan.
Bir ko’rinishdagi kashta, bu holatda anor tasviri har bir usta tomonidan alohida ma’noni anglatgan, tikilgan mahsulotda boshqacha ko’rinishda bo’lgan, shu bilan birga tinchlik, xotirjamlik, qat’iylik yoki shiddatli harakatlar, jo’shqinlik haqida ma’lumot bergan.
Sitorayi Mohi-Xosa Saroy Majmuasida joylashgan Bezak va Amaliy San’at Muzeyi (Buxoro)