An’anaviy Toshkentning bezak beruvchi kashtalar o’ziga xos xilma-xil va boydir. Gulko’rpa va choyshab (yostiqlarga to’shalgan choyshab) larni o’z ichiga olgan yotoq anjomlari kelin sarposining ajralmas qismi hisoblangan. Taxminan choyshab so’zi joy va kecha so’zlaridan kirib kelgan.
P-ko’rinishdagi bunday kashta torroq markaziy maydonga ega bo’lib, to’g’ri-to’rtburchak toqini tashkil etgan. Choyshabning bir tarafini yangi turmush qurganlar oyoq osti uchun mo’ljallab kashta tikmasdan bo’sh qoldirishgan. Tadqiqotchilar aytishicha, bu tarafni yopilishi yosh kelin-kuyovning baxtli hayotiga to’g’anoq bo’lishiga va nasl keltirishiga to’sqinlik qilishi mumkin degan fikr bilan bog’liq edi. Bunday ko’rinishlarni an’anaviy liboslarda ham ko’rish mumkin. Masalan, O’zbekistonning janubiy tomonida ko’pincha ayollash boshga yopiladigan kiyimlarida etagi tikilmas edi. Qariyalarni ta’kidlashicha, bu ko’p bolalikka olib kelar edi.
Kelin-kuyov o’rin-joy buyumlarini kashta bilan bezashda alohida e’tibor berilgan, chunki mahalliy aholining fikriga ko’ra, yangi turmush qurganlar, kelajakda ona va bolalar ham eng himoyasiz hisoblangan. Shuning uchun, kashtalarni tumor ko’rinishida, achchiq qalampir, pichoq va boshqa ashyolar ko’rinishini himoya va sehrni anglatuvchi kashtalar bilan ko’proq to’ldirishga harakat qilishgan. Bu holatda har bir gullar butasida achchiq qalampirlar tasvirini choyshab bezagida ko’rish mumkin. Ustalar so’zlariga qaraganda, bunday qalampirlarning ko’pligi kashtaning himoya va sehr vazifasini ikki baravar ko’paytirgan.
Oʻzbekiston Davlat Sanʼat Muzeyi (Toshkent)