Har bir markazning so’zanalari mahalliy xususiyatga ega. Nurota ustalari orasida asosan yak mohu – chor shoh (to’rtta shoh va bitta oy) kashtalari juda mashhur. Mazkur naqshlar markazda quyosh yoki yulduzlar tasvirlarini o’zida aks etib, burchaklarida esa gullar butasi yoki guldastasi tikilgan. Ba’zan Nurota ustalari ko’rinmas joylarida bir uslubdagi qushlar, hayvonlar, insonlar yoki dkundalik hayotda foydalanuvchi buyumlar tasvirini tikishgan hamd abir so’z bilan surat deb nomlashgan. Aynan ustalar jannat bog’larini shunday tasavvur qilishgan bo’lib, zodagonlar haqiqiy bog’lari ham shunday ko’rinishda bo’lgan.
Gulsapsar islom madaniyatida qadimdan ramziy ma’noga ega bo’lgan gul hisoblangan. Chiroyli yuqoriga intiluvchi uchta bargi kosaidagi qolgan barglarining pastga bukilgani «qarama-qarshiliklar birligi» tushunchasining ramzi hisoblanadi. Ammo vaqt o’tishi bilan gulsapsar gulining tasviri o’z ramzini yo’qotadi va yerda joylashgan bog’lar chiroyini ulug’laydigan odatiy bezak butasiga aylantirilgan holda tikiladi.
Sitorayi Mohi-Xosa Saroy Majmuasida joylashgan Bezak va Amaliy San’at Muzeyi (Buxoro)