Gulli barg naqshlarining ko‘pligi, shoxlangan poya bilan hoshiyalangan dumaloq to’pbarggullar, nafislilik, bir nechta tuslar, hamda bir xil rangdagi ohanglar koʻp boʻlgan Shofirkon va Gʻijduvon kabi markazlari bilan Buxoro maktabi kashtachiligi gul naqshining o‘ziga xos go‘zalligi va nafosatliligi bilan ajralib turadi. Ushbu so‘zanada kashta markaz va butun hoshiyani egallaganini ko‘rish mumkin. Kompozitsiya hunarmand ayollar tomonidan «lolacha» deb nomlangan, to‘rt qatorga o‘ralgan o‘simlik novdalarida hoshiyalangan 21 ta gulli to’pbargguldan iborat.
Hunarmand ayollar tomonidan ishlatiladigan o‘simlik naqshlarining nomlari mahalliy o‘simliklar va yon atrofdagi gullarga qarab tanlangan. Har bir hunarmand gullab-yashnagan bog‘ning o‘ziga xos aksini yaratishga harakat qilgan. Barcha gul naqshlarida osongina tanib olish mumkin boʻlgan bog‘ gullarining barcha turlari tasvirlangan. Soʻzananing bunday xayrixoh tabiati yangi turmush qurganlar uchun uzoq va baxtli oilaviy hayotni anglatgan. Kompozitsiyaning ba’zi joylarida «qalampirnusxa» naqshidan foydalanish kashtaga sehrli himoya kuchini qoʻshgan, chunki mahalliy aholi achchiq qalampir oilani yovuz ruhlardan va ko’z tegishidan himoya qiladi deb o‘ylagan.
Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi (Samarqand)