XIX – XX asr boshlarida Buxoro ayollari asosan kokilusti qalpoq, ya’ni tilla ipli kashtalar tushurilgan kaltapo’shak kiyishgan. Tepasidan ro’mol tashashgan. Ro’mol ustidan tilla ipda kashtalar tushurilgan tasma, ya’ni o’simliklar tasviri va geometrik shakllar tushurilgan peshonaband o’rashgan, uning tepasidan esa tilla ipda tikilgan ipak rido ro’molini o’rashgan.
Ushbu peshonabanddagi kashtalari qaytariluvchi san’at asari majnuntol kashtalaridan tashkil topgan. Xalq orasida mazkur daraxtning juda ko’p ma’nolari mavjud. Majnuntol – bu qayg’u daraxti, shu bilan birga muloyimlik va chiroyni anglatadi. Majnuntol yana tabiatning qayta jonlangan kuchini bildiradi. Daraxtning nomi Majnun timsolidan olingan. Bizning ko’z o’ngimizda beixtiyor o’z sevgilisini sog’ingan qayg’uga botgan yigit keladi. Majnuntol bu yerda sevgi, sog’inch va yoshlik timsolidir. Balkim shuning uchun ham ustalar bu kashtani tikayotganida sevgilisiga bosh tasmasi bekasining uning sevgan insoniga bo’lgan his-tuyg’ularini ko’rsatishga harakat qilishgan.
Sitorayi Mohi-Xosa Saroy Majmuasida joylashgan Bezak va Amaliy San’at Muzeyi (Buxoro)