Har bir markazga oid soʼzanalar alohida oʼziga xosliklarga ega. Nurotalik hunarmand ayollar orasida yak mohu – chorshox (to’rt shox – bir oy) kompozitsiyasi ayniqsa mashhur. Ushbu kompozitsiyaning markazida quyosh yoki yulduz naqshining tasviri bo’lib, burchaklarida gul butalari yoki guldastalar ko’rinishidagi bezak kashta qilingan. Ba’zan nurotalik hunarmand ayollar qushlar, hayvonlar, odamlar yoki kundalik buyumlarning uslublashtirilgan tasvirlarini kompozitsiyaning ko’zga ko’rinmaydigan joylarida ifodalab, ularni umumiy surat so’zi bilan atashgan.
Hunarmand ayollar Jannat bog’larini shunday tasavvur qilishgan, Jannatning ifodasi sifatida haqiqiy bog’lar manzarasidan nusxo olingan. Shulardan biri Buxoro amirining shahar tashqarisidagi qarorgohi – Sitorai Mohi Xosa (yulduz va oyga o’xshash saroy), ajoyib Eram bog’i bo’lib, u yerda Jannat qushlari va tovuslar hamon yo’lkalar bo’ylab sayr qilib, rangdor dumlarini yoygancha mehmonlar e’tiborini jalb qilishadi.
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi