Inson hayotidagi barcha asosiy voqealar – tug‘ilish, to‘y va dafn marosimlari diniy va funksional ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu hodisalarning davriy takrorlanishi insoniyat hayotining uzluksizligini ta’minlaydi, deya hisoblangan. Eng yorqin, tantanali va quvnoq voqealar – bu tug’ilish va to’y bo’lgan. O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbeklarning mafkuraviy madaniyati va g‘oyalarida yangi hayot timsoli beshik, ya’ni bolaning birinchi maskani bo‘lgan. O‘zbeklar beshikni avloddan-avlodga o‘tkazib, unga alohida muqaddas ma’no bergan.
Beshikpush (gavorapush) alohida o’ringa ega bo’lgan, chunki u chaqaloqni yovuz ko’zdan, yovuz ruhlardan va hokazolardan himoya qiladi, deb ishonilgan. Shuning uchun beshikni yorqin kashtalar va tumorlar bilan bezashga harakat qilishgan. Beshikpushdagi naqshlar hunarmandning yon-atrofga boʻlgan shoirona yondashuvidir. Tugʻilish doimo quvonch bilan bogʻliq boʻlgan shuning uchun hunarmandlar beshikpushda oʻzbek xalqining mehmondoʻstligini yoyilgan dasturxonni tasvirlagan holda aks ettirishgan.
Mavluda Hamdamovaning shaxsiy kolleksiyasi