O‘zbek kashtachilik mahsulotlari ro‘yxati nihoyatda keng. Ko‘p rangli palitraga xos boʻlgan kashtado‘zlik asosan o‘zbeklar uyining ichki ko‘rinishi xususiyatini belgilab bergan. Har bir naqshli mahsulot o‘z maqsadiga muvofiq interyerda ma’lum o‘rin egallagan.
Har bir kashtadoʻzlik mahsulotining roʻzgʻorda oʻz oʻrni boʻlgan. Har bir markazning kashtalarida mahalliy xususiyatlar namoyon etilgan. Shahrisabz kashtachiligining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu fonning iroqi (yarim xoch) choki bilan zich tikilishidir.
Ushbu kashtali panno – nimsoʻzanada asl tabiat, samoviy jismlarning majoziy ko‘rinishi va odamlarning dunyoqarashi bilan bog‘liq bo‘lgan gulli va astral bezaklarni ko’rishingiz mumkin. Ular oilaviy marosimlarda, ayniqsa, to‘ylarda katta ahamiyatga ega boʻlib, baxt tilaklari, unumdorlik ramzi, yosh oila uchun tumor bo‘lib xizmat qilgan.
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi