Ushbu gilamning markaziy maydoni kompozitsiyasining asosini sakkiz qirrali tumor koʻrinishidagi diagonali boʻyoq va zoomorf elementlardan iborat qalqon naqshi – turkiy tilli xalqlar gilamdoʻzligidagi universal naqsh tashkil etadi. Bu naqshning genezisi oʻgʻuz qabilalarining gilamdoʻzligiga borib taqaladi, uning anʼanalari turkmanlarning gilamdoʻzligida oʻz aksini topgan. Bu naqshning tarqalishi turkiyzabonlar olamidan tashqariga chiqadi.
Ayrim tadqiqotchilar, shuningdek, gilamdoʻzchilar taʼkidlaganidek, koʻp shaklga ega boʻlgan bunday tumor Yaqin Sharq, Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon sanʼati va hunarmandchiligida muhim oʻrin tutadi va xalq orasida turli nomlarga ega: ular Gʻarbiy Yevropada – tumor, Rossiyada – rozeta, Eronda – torenj, Turkiyada – turendj, Janubiy Ozarbayjonda – turunj yoki turush, Oʻrta Osiyo va Ozarbayjonning koʻp joylarida gyol, Shirqonning baʼzi qishloqlarida tovoq, Ozarbayjonning shimoli-gʻarbida va Qorabogʻda xoncha deb atalgan. Bir qator tadqiqotchilar bu motivni qabila o’ziga xosligining ifodasi deb bilishadi va uni oilaviy gerb shakli sifatida ko’rishadi.
Oʻzbekiston madaniyat tarixi davlat muzeyi (Samarqand)