Jizzax soʼzanalarida, xuddi Samarqand soʼzanalaridagi kabi bezakdor gulchambar bilan oʼralgan yirik toʼpgulli naqshlar asosiy hisoblanadi. Jizzax kashtalarining oʼziga xosligi — ularning burchaklarida sehrli kuchga ega tumorcha tasvirlari tushirilishida.
Аyrim tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, bunday turdagi kompozitsiya qadim sugʼdiyona matolari bezaklariga oʼxshash boʼlib, lekin medalyonlar asosiga tikiladigan syujetli tasvirlarsiz beriladi. Taxmin qilishlaricha, Jizzax soʼzanalaridagi doiralar samoviy kuchlarga eʼtiqodga koʼra koinot jismlarini ifodalagan va vaqt oʼtishi bilan oʼzining ibtidoiy ahamiyatini yoʼqotgan.
Jizzax soʼzanalari naqsh kompozitsiyasida odatda yirik quyoshsimon naqshlar orasiga «qalampir» tasviri tushirilishi kashtaning sehrli kuchini ikki karra oshiradi, deb hisoblangan. Chunki, mahalliy aholi soʼziga koʼra, achchiq qalampir yoki qalampir shodasi yomon ruhlarni – jin, alvasti va boshqalarni hayday oladi. Hozirgacha baʼzi anʼanaviy oʼzbek oilalarida qalampir shodasini kiraverishga yoki uy burchagiga ilib qoʼyish odati saqlanib qolgan.
O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi (Samarqand)