Kashtachilik buymlari oilaviy marosimlar, ayniqsa nikoh toʼylarida katta ahamiyatga ega boʼlgan va yosh oila uchun baxt-saodat, serfarzandlik timsoli hamda yomon koʼzlardan asrovchi tumor boʼlib xizmat qilgan.
Qashqadaryolik kashtachilarning naqshlarida oʼsimliklar shaklidagi toʼpbarggullar va turli yaproqsimon, gulli naqshlar asosiy oʼrin egallaydi.
Soʼzanalarga tikilgan koʼplab rang-barang islimiy va yulduzsimon shaklidagi naqshlarning tikilishi tevaral-atrofdagi tabiat manzarasi, samo jismlarining obrazli ifodasi boʼlib, xalqning dunyoqarashidan kelib chiqib shakllangan. Soʼzananing gulli va islimiy naqshlardan tuzilgan kashtalari shuningdek tabiatning bahoriy uygʼonishi timsoli ham boʼlgan. Har bir kashtachi usta kashta naqshlarini tikishda improvizatsiya qilgan va oʼz tasavvuridagi bogʼni yaratishga intilgan.
Аmir Temur nomli Shahrisabz moddiy madaniyat tarixi muzeyi