Samarqandning an’anaviy bezak kashtachiligi tarkib oʻlaroq turli-tuman. “Ruidjo” (yangi kelin kuyov uchun choyshab) va “bolinpoʻsh” (yostiq uchun jild)dan iborat yotoq jamlanmasi har bir kelin sarposining ajralmas qismi boʻlgan. Kashtachilik namunalariga nazar soladigan boʻlsak, yangi kelin-kuyovlarning yotoq jamlanmasiga alohida e’tibor qaratilganligini koʻrishimiz mumkin. Kashta mahsulotlari yaxshi niyat yohud himoya vositasi vazifasini oʻtovchi naqshlar bilan bezatilgan.
Samarqand kashtalari oʻzining joʻshqin va qat’iy rang uygʻunligi bilan ajralib turgan. Shu kabi ommaviy mahsulotlardan biri “chor-chirogʻ” uslubidagi kompozitsiyadir. Chor-chirogʻ uslubining nomlanishi mahalliy aholi tomonidan kundalik hayotda uzoq vaqt davomida ishlatib kelgan pilikli moy chirogʻdan kelib chiqqan. Koʻpchilik chor-chirogʻ tasvirini zardoʻshtiylik, muqaddas olov ramziga mengzaydi. Vaqt oʻtgani sari bu kabi usuldagi kashta himoya ma’nosiga ega boʻlib, toʻy marosimlarining ajralmas qismiga aylandi.
Samarqand soʻzanalarida, huddi Jizzax soʻzanalari kabi, gulchambar bilan bezatilgan yirik gulli toʻpbarggul shaklidagi bezaklarga alohida ahamiyat qaratilgan. Koʻrib turganingiz, gulli toʻpbarggul shaklidagi bezak atrofida himoya vazifasini oʻtovchi jim-jimalar kabi, lola gulli kashtalarning ham qadim ma’nosi allaqachon yoddan chiqib boʻlgan.
Oʻzbekiston Madaniyati Tarixi Davlat Muzeyi (Samarqand)