Toshkent maktabining kashtado’zlik to’plamlari xilma-xildir. Bunday o’ziga xoslikni gulko’rpa ko’rinishida ko’rishimiz mumkin, undan yangi turmush qurganlar yotoqlarining ustiga to’shagan holda foydalanilgan, keyinroq esa bezatish maqsadida xonaning devoriga ilingan. Hammaga ma’lum kashtalar o’zbeklarning to’y tadbirlarida eng asosiy o’rinni egallab kelgan. Toshkentda gulko’rpa kelin-kuyov yotog’ining ajralmas buyumi bo’lib, ko’p bolali ayollar bunday yotoqni ular uchun tayyorlagan va «Gulga gul qo’shilsin» deya ta’kidlab o’tishgan.
Bunday to’plamda odatiy gulko’rpa bezagini ko’rish mumkin, ya’ni markazda sakkiz burchakli yulduzni va undan kichikrog’ini burchaklarda joylashtirishgan. Yulduz deb nomlanishi falak yoritgichlari, koinot va Olamning sehrli kuchi bilan bog’liqlikni belgilab bergan. Ustalar bu kashtalar falak bilan bog’liqligiga, yosh turmush qurganlar sehr to’la himoyaga ega bo’lishiga juda ishonishardi. Gul dastalardan foydalanish aynan Toshkent kashtado’zligida ask etganini ko’rish mumkin. Bu misolda biz bir dasta achchiq qalampirlar (qalampirgul) aksini ko’rishimiz mumkin. Mahalliy aholining fikricha, achchiq qalampirlar, ulardan tuzilgan dastalar sehrli kuchga ega bo’lgan va jin, alvasti va boshqa ruhlardan himoyalagan. Bugunga qadar ham ba’zi an’anaviy o’zbek oilalarda ostonaga yoki burchaklarda achchiq qalampir marjonlarini osish saqlanib qolingan.
Oʻzbekiston Davlat Sanʼat Muzeyi (Toshkent)