nonvoylar tomonidan qoʻllaniladigan rapida
Samarqandning an’anaviy bezak kashtachiligi tarkib oʻlaroq turli-tuman. “Ruidjo” (yangi kelin kuyov uchun choyshab) va “bolinpoʻsh” (yostiq uchun jild)dan iborat yotoq jamlanmasi har bir kelin sarposining ajralmas qismi boʻlgan. Kashtachilik namunalariga nazar soladigan boʻlsak, yangi kelin-kuyovlarning yotoq jamlanmasiga alohida e’tibor qaratilganligining shohidi boʻlamiz. Kashta mahsulotlari yaxshi niyat yohud himoya vositasi vazifasini oʻtovchi naqshlar bilan bezatilgan.
Samarqand kashtalari oʻzining joʻshqin va qat’iy rang uygʻunligi bilan ajralib turgan. Shu kabi ommaviy mahsulotlardan biri “chor-chirogʻ” uslubidagi kompozitsiyadir. Chor-chirogʻ uslubining nomlanishi mahalliy aholi tomonidan kundalik hayotda uzoq vaqt davomida ishlatib kelgan pilikli moy chirogʻdan kelib chiqqan. Koʻpchilik chor-chirogʻ tasvirini zardoʻshtiylik, muqaddas olov ramziga mengzaydilar. Vaqt oʻtgani sari bu kabi usuldagi kashta himoya ma’nosiga ega boʻlib, toʻy marosimlarining ajralmas qismiga aylandi.
“Rapida” yoki “rapidagul” kabi ajoyib nomga ega naqsh tushirilgan bolinpoʻsh, nonvoylarning rapidasidagi yostiqchaga mengzalgan. Avval boshda bu naqsh tamoman boshqacha nomlangan, vaqt oʻtgani sari kashtachilarning u yoki bu predmetga oʻxshatib tikishlari sabab, yangi ma’no kasb etgan.
Oʻzbekiston Madaniyati Tarixi Davlat Muzeyi (Samarqand)